Redeem Tlang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Redeem Tlang
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-fevral 1995-yil (1995-02-22) (29 yosh)
Tavallud joyi Shillong, Meghalaya
Boʻyi 1.67 m (5 ft 5 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Goa
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009–2013 Shillong Lajong FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2018 Shillong Lajong FC 46 (3)
2014 → NorthEast United 1 (0)
2018–2020 NorthEast United 35 (4)
2020– Goa 11 (1)
2022 → Odisha 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-mart uchun)

Redeem Tlang (talaffuzi: Redim Tlang) (1995-yil 22-fevralda tug'ilgan) - hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida Goa jamoasi uchun va Hindiston milliy terma jamoasida qanot yarim himoyachisi sifatida o`ynaydi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shillong Lajong[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shillong Lajong yoshlar akademiyasining mahsuli bo'lgan hujumchi Tlang 2013-yilda Shillong birinchi divizion ligasida mashhurlikka erishdi[1]. Redeem Tlang 2013-yil 28-oktabrda Neru stadionida Churchill Brothers jamoasiga qarshi o`yinda I-ligada Shillong Lajong uchun professional debyut qildi. Unda u 78-daqiqada Seyxoxau Tuboining o'rniga maydonga tushdi. Shillong Lajong o'yinda 2:2 hisobida durang o'ynadi[2]. Redeem Tlang 2014-yilgi Federatsiya kubogida Salgaocarni 4:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda Lajong uchun birinchi katta jamoa golini kiritdi.

Tlang yoshlik yillarini hisobga olgan holda klubda jami 9 yil o'tkazdi.

NorthEast United[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tlang Hindiston Superligasining ilk mavsumi uchun Shillong Lajongdan Northeast Unitedga ijaraga berildi. Redeem Tlang Chennaiyinga qarshi 3:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxiradan maydonga tushib, birinchi mavsumda faqat bir marta maydonda shu o`yinda o`ynagan.

Keyin Tlang 2018-19 Hindiston Superligasidan boshlab doimiy ravishda NorthEast Unitedga qo'shiladi. Redeem Tlang Hindiston Superligasidagi ilk golini Bengaluruga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi[3]. Redeem Tlang mavsum davomida muntazam o'ynab, qanotda 19 ta o'yinda maydonga tushdi[4].

U 2019-20-yilgi mavsumdagi birinchi golini yangi tashkil etilgan Odishaga qarshi o'yinda, jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasida kiritdi[5]. Uning mavsumdagi ikkinchi goli 2019-yilning[6] 1-noyabrida Goa darvozasiga jarima maydonchasi chetidan kiritildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 10-mart holati[7]
Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jami
Diviziya O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar
Shillong Lajong 2013-yil I-liga 9 0 3 [lower-alpha 1] 1 - 12 1
North East United 2014-yil Hindiston Superligasi 1 0 0 0 - 1 0
Shillong Lajong 2014–2015 I-liga 1 0 4 [lower-alpha 1] 0 - 5 0
2015–2016 5 0 0 0 - 5 0
2016–2017 16 1 3 [lower-alpha 1] 1 - 19 2
2017–2018 15 2 0 0 - 15 2
North East United 2018–2019 Hindiston Superligasi 19 1 0 0 - 19 1
2019–2020 16 3 0 0 - 16 3
Goa 2020–2021 10 1 0 0 3 [lower-alpha 2] 0 13 1
2021–2022 1 0 5 [lower-alpha 3] 1 - 6 1
Odisha 2022–2023 8 1 0 0 - 8 1
Karyera jami 101 9 15 3 3 0 119 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Appearance(s) in Federation Cup
  2. Appearance(s) in AFC Champions League
  3. Appearance(s) in Durand Cup