Reaktiv qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reaktiv qarshilik — oʻzgaruvchan elektr tokiga elektr sigʻim va zanjir (yoki uning bir qismi) induktivligi koʻrsatadigan qarshilik (qarang Induktivlik). Elektr zanjirining toʻla qarshiligi Z=H/(RL+RC) ning mavhum qismi, bu yerda g— elektr zanjirining faol qarshiligi, RL=coL—induktiv qarshiligi, Rc=l/mC=Uc/I — sigʻim qarshiligi; bunda yu — tokning oʻzgarish chastotasi, L — oʻtkazgich induktivligi, C — oʻtkazgich sigʻimi, Uc— sigʻimdagi kuchlanishning amplituda qiymati, I — zanjirdagi tokning amplituda qiymati. Oʻzgaruvchan tok zanjirida induktivlik yoki sigʻimning boʻlishi tok va kuchlanish fazalarining bir-biriga nisbatan siljishiga sabab boʻladi. Induktiv qarshilik boʻlganda zanjirda oʻzinduksiya E.Yu.K.(Elektr yurituvchi kuch) hosil boʻlishi sababli tok faza jihatdan berilgan kuchlanishdan orqada qoladi, sigʻim qarshilik boʻlganda esa tok faza jihatdan kuchlanishdan oldinda ketadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil