Rayan King (Kanada futboli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ryan King (1988-yil 21-aprel sanasida tugʻilgan) – Kanada futbol ligasining (CFL) Edmonton Eskimos jamoasida sakkiz mavsum oʻtkazgan sobiq Kanadalik futbolchi.

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

King 2001-2003-yillar oraligʻida Bev Facey Falcons oʻrta maktab jamoasida futbol faoliyatin boshlagan[1]. Bu vaqt ichida maktab jamoasi Falcons bilan shahar chempionligini qoʻlga kiritadi[2]. 2004 -2007-yillar oraligʻida esa King Kanada oʻsmirlar futbol ligasida (CJFL) Edmonton Wildcats jamoasida safida himoyachi sifatida oʻz faoliyatin boshlaydi. Bu jamoada safida King 169 ta toʻp kiritadi va CJFL yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi[3][4].

Kollejdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yildan 2010-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻda King Sent-Mery's Huskies jamoasi safida himoyachi sifatida kollejdagi faoliyatini. 2009-yilda Atlantic University Sport (AUS) futbolda birinchi deb topilgan va 2009 -2010-yillarda jamoa sardor boʻlib oʻynagan[5]. 2010-yil davomida King 114 ta toʻp bilan maktabda toʻp urish boʻyicha rekortchisiga aylanadi[3]. MDH tomonidan oʻrnatilgan, malum bir qoidasi tufayli King Sent-Mery'sdagi oxirgi yillarida kollej futbolini oʻynay olmadi[4].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teylor Inglis Edmonton Eskimoslar safidan nafaqaga chiqqanida soʻng, Kingdan uning oʻrnida qolishni soʻraydi. Maʼlumot uchun King va Inglis ilgari CJFLning Edmonton Wildcatsda jamoasida birga oʻynashgan. King Eskimoslar tomonidan 2012-yilgi CFL loyihasining beshinchi bosqichida umumiy tanlov bilan 38 chi oʻyinchi sifatida tanlangan. Jamoaga kelgunga qadar King jamoadagi oʻrin uchun bir nechta boshqa oʻyinchilar bilan raqobatlashadi, King 2012-yilgi mavsum uchun jamoda boshlangʻich mashhulotlarni boshlaydi[4]. Yangi mavsumida King 15 ta oʻyin oʻtkazadi va ular orasida 7 ta kuchliy jamoalar bilan oʻyin oʻtkazadi va bir marotaba magʻlubiyatga uchraydi[3]. 13-oktabr kuni Eskimoslar safida 16-tur doirasida utkazilgan Saskachewan Roughridersga qarshi oʻyinda King yelkasidan jarohat oladi, mavsumni yakunlay olmaydi va toʻqqizta oʻyinni oʻtkazib yuborishga majbur boʻladi[6]. 2013-yilgi mavsum boshida jamoasi safidagi oʻzining pozitsiyasiga yana qaytadi va sakkizta kuchliy jamoalar bilan oʻyinini oʻtkazadi[3].

King 2014-yil 17-aprelda Eskimoslar jamoasi bilan tuzgan shartnomani 2015-yil mavsum oxirigacha uzaytiradi[7]. 2014-yilda toʻqqizta jamoa bilan oʻyin oʻtkazgan soʻng, Mavsumdagi ikki ta oʻyinni oʻtkazadi[3]. 2021-yil 13-aprelda futbolchilik faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[8].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda King „Edmonton Wildcats“ jamoasiga murabbiy boʻlib keladi, shu tariqa havaskor futbol murabbiylik faoliyatini boshlaydi. U dastlab himoyachilar bilan mashhulot olib boradigan murabbiy boʻladi, shu uchun ham birinchi navbatda jamoaning himoyachilari bilan mashhulotlar olib borgan[9].

Mukofot va sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

King 2018-yilda Tom Pate Memorial mukofoti bilan taqtirlanadi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ryan King“. Edmonton Eskimos. 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-yanvar.
  2. Jones, Shane. „Vote of confidence for King“. Sherwood Park News (2014-yil 28-aprel). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Ryan King“. Edmonton Eskimos. 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 Jones, Shane. „Eskimos gig a snap for King“. Sherwood Park News (2012-yil 23-iyul). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  5. „2009 AUS football all-stars announced“. CIS (2009-yil 11-noyabr). 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  6. O'Leary, Chris. „Eskimo Long-snapper Injured on Blindside Hit“. Edmonton Journal (2012-yil 15-oktyabr). 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  7. The Canadian Press. „Edmonton Eskimos sign long snapper Ryan King to contract extension“. Huffpost Alberta (2014-yil 17-aprel). Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  8. „Thank You Ryan!“. Esks.com (2021-yil 13-aprel). 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  9. „Wildcats Announce 2014 Coaching Staff“. Edmonton Wildcats Football (2014-yil 25-mart). Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  10. Moddejonge, Gerry. „Ryan King makes it back-to-back Tom Pate Memorial awards for Edmonton Eskimos“. Cornwall Standard Freeholder (2018-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.