Raxim Rajabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raxim Rajabovich Rajabov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1937-yil
Vafoti 2020-yil 28-sentyabr
Toshkent, Oʻzbekiston
Taʼlim Markaziy Osiyo politexnika instituti

Raxim Rajabovich Rajabov (1937-yil, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Lenin nomidagi kolxoz — 2020-yil 28-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Oʻzbekiston davlat kotibi[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yilda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi Lenin nomidagi kolxozda xizmatchi oilasida tugʻilgan.

1960-yilda Toshkentdagi O‘rta Osiyo politexnika institutini tamomlagan. Institutni tugatgach, uni „Tashselmash“ zavodiga yuborishgan. Muhandis-konstruktor, texnolog, usta, tsex boshligʻi boʻlib ishlagan[1].

Soʻngra Paxtachilik uchun mashinasozlik davlat konstruktorlik byurosida tsex boshligʻi, Toshkent shahridagi Ittifoq Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi vazirligining Mashinasozlik boʻyicha Davlat byurosi boshligʻi, Respublika mahalliy sanoati Davlat maxsus badiiy konstruktorlik-texnologik byurosini boshqargan[1].

„Oʻzbekselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi. Toshkent ekskavator zavodi direktori, „Algoritm“ zavodi direktori, Toshkentdagi „Mashxlopok“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi[1].

1990—1992-yillar davomida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, 1992-yil may oyidan Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat kotibi. 1992-yil dekabr oyida Davlat kotibi lavozimi tugatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Скончался бывший госсекретарь Узбекистана Рахим Раджабов“ (ru). Газета.uz (2020-yil 28-sentyabr). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.