Ravondiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ravondiy, Abu Bakr Najmiddin Muhammad (?, Isfahon — 1206-yildan sung vafot etgan) — fors tarixchisi. 1174—84 yillarda Hamadonda fiqh va xattotlikdan taʼlim olgan. 1181—89y.larda saljuqiylar sultoni Toʻgʻrul II (1175—94) saroyida xattot, 1190-yildan Hamadon amiri Faxriddin Alaviy ugʻillarining tarbiyachisi. 1206-yil Koʻnya shahriga koʻchib oʻtgan va kup utmay vafot etgan. R. Koʻnya sultoni Gʻiyosiddin Kayxusravga bagʻishlab "Rohat ussudur va oyat ussurur" ("Koʻngillar rohati va sevinch alomati") asarida, asosan, Saljuqiylar davlatining 11-asr boshidan 1199-yilgacha bulgan tarixi bayon qilingan. Asar oxiriga esa xattotlikka oid qoʻllanma, ov va shaxmat uyiniga doir boblar ham kiritilgan. R.ning bu asari — Saljukiylar davlatining 1160—99 yillardagi tarixi buyicha asosiy manbadir. 15-asrda asar turk tiliga tarjima kilingan. 1921-yil Londonda nashr qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil