Ravishdosh
Ravishdosh — feʼlning ravishga xos vazifada qoʻllanish uchun maxsuslashgan shakli. Ravishdosh harakatning belgisini bildirib, uning biror xususiyatini koʻrsatadi. Ravishdoshlar harakatni ifodalovchi har qanday feʼl bilan qoʻllana oladi. Ular, asosan, harakatning belgisini, jumladan, paytini, maqsadini, sababini bildirib, gapda hol boʻlib yoki ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Hozirgi oʻzbek tilida ravishning bir necha shakllari bor, ular quyidagi qoʻshimchalar yordamida yasaladi: -(i)b — oʻqib, koʻrib; -(a)y —kula-kula, yigʻlay-yigʻlay; -gach (-kach, -qach), —kelgach, tikkach, chiqqach; -gani (-kani, -qani) — koʻringani, toʻkkani, soqqani; -guncha (-kuncha, -quncha) — borguncha, choʻkkuncha, taqquncha kabi. Ravishdoshning boʻlishsiz shakli -may, -masdan qoʻshimchalari bilan yasaladi: oʻqib, oʻqimay, oʻqimasdan kabi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |