Ravalpindi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ravalpindi — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, togʻ etagida. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Panjobdan Afgʻoniston va Kashmirga boriladigan yoʻl ustida. Aholisi 1,4 mln. kishi (1998), aksariyati pushtu, kashmiri, gujarot va panjoblar. R. — transport yoʻllarining tuguni, muhim savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik (ip gazlama, shoyi, movut, trikotaj), poyabzal, kimyo-farmatsevtika, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, sement korxonalari, t.y. ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Shahar yaqinidagi neft va gaz konlaridan R.ga quvurlar oʻtkazilgan.

Mil. av. P. oʻrnida Gajipur sh. boʻlgan. Oʻrta asrlarda shahar Fotixpur-Baori deb atalgan. 14-asr boshida moʻgʻullar tomonidan buzib tashlangan. Keyinchalik shaharni gakkarlar qabilasining boshligʻi Ravalxon qayta tiklab, oʻz nomi bilan atagan. 1849 yilda R.ni inglizlar bosib olgan. 1947 yilgacha R. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi eng yirik harbiy bazasi boʻlgan. 1947 yildan 1960-yillar boshigacha R. — Pokistonning muvaqqat poytaxti. Politexnika universiteti, kollejlar, harbiy muzey, arxeologiya muzeyi, kartinalar galereyasi, aeroport bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil