Ras al-Xayma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ras al-Xayma (arab. رأس الخيمة) - Birlashgan Arab Amirliklaridagi shahar, Ras al-Xayma amirligining ma'muriy markazidir.

Shahar aholisi soni 102 ming kishini tashkil etadi (2003-yil ma'lumoti). Aholisi soni bo'yicha BAAda 6-o'rinda turadi.

Qadimda shahar Julfar nomi bilan mashhur bo'lgan. Mamlakatning shimolida, Fors koʻrfazi qirg'og'ida joylashgan. Buxta orqali ikki qismga - yangi va eski shaharga ajralgan. Zamonaviy avtostrada orqali Dubay bilan bog'langan. Shaharda xalqaro aeroport va dengiz porti bor.