Raqs musiqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Raqs musiqasi — musiqa turi; raqslarga joʻr boʻladigan musiqa asarlaridan iborat. Raqs musiqasida raqs harakatlarining harakteri surʼat hamda muayyan ritmik qoliplarga asoslangan xilmaxil kuylar yordamida ifodalanadi. Raqs musiqasi — musiqaning eng qad. turlaridan. Dastlab u turli marosim va xalq bayramlarida ijro etilgan davra oʻyin qoʻshiqlari (beshqarsak, xorovod kabi)dan tarkib topadi. Keyinchalik (Mas, Hindistonda miloddan avvalgi 2ming yillik davridan) Raqs musiqasining saroy va ibodatxonalarda ijro etilgan mumtoz shakllari rivoj topadi. Yevropa sanʼatida 14-asrdan Raqs musiqasining balraksi, 16-asrdan balet shakllari yuzaga keladi. Raqs musiqasi, asosan, cholgʻu kuylaridan iborat. Koʻp xalqlar (ayniqsa, Osiyo, Afrika)da urma cholgʻu asboblarining oʻzi raqsga joʻr boʻlib, ularda ijro etilgan boy va sermazmun raqs usullari Raqs musiqasini tashkil qiladi (Mas, Katta oʻyin). Ogʻzaki anʼanadagi musiqada vokal Raqs musiqasi turlari ham keng oʻrin olgan (yalla, xorazm lapari va boshqalar). Pantomima bilan bogʻliq raqslarda musiqa, koʻpincha, tasviriy harakterda boʻladi. Xalq raqs kuylari va usullari musiqiy folklorning boshqa turlari qatori kompozitorlik ijodiyoti manbalaridan biridir. Bir necha raqs kuylari birlashuvi natijasida cholgʻu syuita tashkil topdi. Vena klassik maktabi kompozitorlarida menuet, P. Chaykovskiy ijodida vals kuylari sonatasimfonik turkumiga kiritilgan. Musiqiy romantizm vakillari (K.M. Veber, F. Shubert, F. Shopen, F. List va boshqalar) ijodida rake kuylari badiiy yuksak konsert asarlariga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil