Rapanalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rapanalar (Rapana) — dengiz qorinoyoqli mollyuskalari urugʻi. Spiral chigʻanogʻi 19 sm gacha, keng oval shaklda, kulrang qoʻngʻir tusda. Chigʻanogʻi ogʻzi keng, koʻpincha ochiq sariq, qizil yoki baʼzan oqrangda. 3 turi maʼlum. Ilgari R. faqat Yapon, Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlarida yashagan. 20-asr oʻrtalarida R.Yapon dengizidan Qora dengizga kelib qolgan. Hozirgi Afrika dengizi sohillari boʻylab tarqalmoqda. Kapsula ichiga tuxum qoʻyadi. Yirtqich, 2 pallali mollyuskalar (ustritsa, midiya) bilan oziqlanadi. R.ning zaharli suyukdik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Goʻshti qisman yeyiladi, chigʻanogʻi zebiziynat buyumi. R. ovlanadigan mollyuskalar bilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil