Rangin koʻzyoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Rangin koʻz yoshlar“
„Colourful tears“
Muallif(lar) Xosiyat Rustam
Muharrir(lar) John Farndon
Tarjimon(lar) Aʼzam Obidov
Muhayo Qurbonov
Maftuna Raimqulova
Gulruh Islomaliyeva
Mamlakat Buyuk Britaniya
Til Inglizcha
Oʻzbekcha
Nashr etilgan sanasi 2020-yil 15-iyul
Nashriyot Hertfordshire Press
Mukofot(lar) „Hertfordshire Press Awards“ marosimida „Tanqidchilar tanlovi“ boʻyicha.
ISBN 978-1913356125

Rangin koʻzyoshlar“ (inglizcha: Colourful tears) – shoir hamda tarjimon Xosiyat Rustamga tegishli sheʼriy toʻplam. Sheʼriy toʻplam har yili „Yevrosiyo ijodiy gildiyasi“ tomonidan oʻtkaziladigan „Hertfordshire Press Awards“ marosimida „Tanqidchilar tanlovi“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan[1][2][3].

Chop etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheʼriy toʻplam 2020-yil 15-iyul kuni „Hertfordshire Press“ nashriyoti tomonidan chop etilgan[4]. Kitobga soʻzboshini alban shoiri Gjekë Marinaj yozib bergan. Sheʼrlarni Aʼzam Obidov, Muhayo Qurbonova, Maftuna Raimqulova va Gulruh Islomaliyeva ingliz tiliga tarjima qilishgan. Kitob muharrirligini mashhur ingliz yozuvchisi John Farndon amalga oshirgan.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheʼriy toʻplam 2020-yil Madridda 9-bor oʻtkazilgan „Open Central Asia Book Forum-2020“ tanlovining „Tanqidchilar tanlovi“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan[5][6][7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]