Raketalar dinamikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Raketalar dinamikasi — reaktiv dvigatelli uchish apparatlari harakatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Raketalar dinamikasining nazariy asoslari 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida yaratiddi, 20-asr 40-yillari oxiridan jadal rivojlana boshladi. Boʻlimlari: 1) raketalarning ogʻirlik markazi harakatini oʻrganish; bunda trayektoriyalarga oid masalalar nazariyasi yaratiladi; 2) raketalar harakatini ogirlik markaziga nisbatan oʻrganish; bunda kosmik kemalarni kosmosda tutashtirish, raketalarni boshqarish, moʻljalga toʻgʻrilash va boshqa masalalar hal qilinadi; 3) eksperimental Raketalar dinamikasi; bunda raketalar harakatini tadqiq qilishning eksperimental usullari oʻrganiladi. Raketalar dinamikasida optik va radiotexnik asboblar, kompyuterlar qoʻllaniladi, ehtimoliy jarayonlar nazariyasidan foydalaniladi.

Raketalar dinamikasining asosiy vazifalaridan biri — dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlarini oʻrganish. Raketa uchayotganda yonilgʻi yonishi tufayli massasi ancha kamayadi. Mas, bir bosqichli raketalar tezlik olish (start) paytida dastlabki ogʻirligining 90% ini yoʻqotadi. Dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlari oʻzgaruvchan massali jismlar mexanikasi tenglamalari orqali ifodalanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil