Raketa-yadro qurollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raketa-yadro qurollari - yadro va termoyadro zaryadli raketalar; dushmanga zarba berishning qudratli vositasi. Raketa-yadro qurollari q. jang olib borish hamda strategik vazifalarni hal qilishda qoʻllaniladi. Raketa-yadro qurollari q. turli sinfdagi raketalarning yaratilishi hamda turlicha quvvatdagi yadro, termoyadro zaryadlarining ishlab chiqilishi bilan yuzaga keldi. Raketa-yadro qurollari q.da qirgʻin vositasi yadro zaryadi, nishonga yetkazish vositasi — raketa. Raketalar yer sharining har qanday nuqtasiga qisqa muddatda (40 min.ga yaqin vaqt ichida) yadro zaryadini elta oladi. Raketa-yadro qurollariq.ning asosiy vazifasi dushmanning yadro qurollari va boshqa ommaviy qirgʻin vositalarini yoʻq qilishdir. Raketa-yadro qurollariq.ni ommaviy suratda qoʻllash jang maydonida qisqa muddat ichida dushmanga hal qiluvchi zarba berish va kuchlar nisbatini oʻz foydasiga tubdan oʻzgartirish imkonini beradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil