Rajendra Prasad (aktyor)
| Rajendra Prasad | |
|---|---|
|
Rajendra Prasad (2019-yil) | |
| Tavalludi |
1956-yil 19-iyul Nimmakuru, Andhra Pradesh, Hindiston |
| Fuqaroligi | Hindiston va Britaniya Hindistoni |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1977-yildan - hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Vijaya Chamundeswari |
| Bolalari | 2 |
Gadde Rajendra Prasad (1956-yil 19-iyulda tugʻilgan) hind aktyori boʻlib, asosan telugu filmlarida rol ijro etadi. U toʻrtta Andhra Pradesh shtati Nandi mukofoti, uchta SIIMA mukofoti va uchta Santosham Film mukofoti sohibi.
Prasad 1977-yilda Sneham filmida ilk rolini ijro etdi. U Erra Mandaram (1991) va Aa Naluguru (2004) filmari uchun eng yaxshi aktyor – Nandi mukofotini oldi. Shuningdek, u Andhra universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan. 2012-yilda u "Dream" tibbiy trillerida rol oʻynadi va buning uchun Kanada xalqaro kinofestivalida Royal Reel mukofotiga sazovor boʻldi[1][2].
Mississaugada oʻtkazilgan Kanada Telugu Alyanslari tomonidan „Hasya Kireeti“ unvoniga sazovor boʻldi[3]. U, shuningdek, 2009-yilda boʻlib oʻtgan IIFA kinofestivalida yashil gilamdan oʻtish sharafiga muyassar boʻlgan va ingliz tilidagi "Quick Gun Murugun" filmidagi oʻzining chiqishini nishonlagan[4].
Hayotining boshlanish davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prasad Andxra-Pradesh shtatining Nimmakuru shahrida Gadde Venkata Narayana va Manikyamba oʻrta xol oilada tugʻilgan. Uning ota-onasi Andhra-Pradesh shtatining Krishna tumanidagi Dondapadu shahridan boʻlgan[5]. Uning otasi oʻqituvchi edi. Prasad kino sanoatiga kirishdan oldin keramika muhandisligi boʻyicha oʻqigan. U kompaniyaga ishga kiradi, lekin u juda yosh boʻlgani uchun ishdan ketishga majbur boʻladi. NTR va N. Trivikrama Rao taklifi bilan u aktyorlik maktabida taxsil oladi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rajendra Prasad Vijaya Chamundesvari bilan turmush qurgan. U Rama Prabhaning qizi. Ularning bir oʻgʻil va bir qizi bor[6].

- ↑ „2013 Official Selections“. 2013-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
- ↑ Krishnamoorthy. „'Dream' hops to Canada in flying colours“. The Hindu (2013-yil 4-mart). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
- ↑ Eenadu daily, Eenadu Cinema, page 16, 11 April 2013
- ↑ „Mind it!“. The Hindu (2009-yil 19-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
- ↑ Eenadu Telugu newspaper daily, 19 July 2016
- ↑ „Chiranjeevi, Samantha at Rajendra Prasad's son wedding“ (en). Rediff. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
- 19-iyulda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Articles with hCards
- Santosham Film mukofotlari gʻoliblari
- Janubiy Hindiston xalqaro kino mukofotlari gʻoliblari
- Telugu tilidagi kino aktyorlari
- XXI asr hind kino aktyorlari
- Hindistonlik komediya aktyorlari
- XX asr Hindistonlik aktyorlar
- Nandi mukofoti sovrindorlari
- Andhra universiteti bitiruvchilari
- Hind kino aktyorlari
- Yashayotgan insonlar