Rahmon Olloberganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rahmon Olloberganovich Olloberganov (1910.1.1 - Xiva - 1986.15.11) — bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1965). Xorazm teatrlarida sozanda, musiqa rahbari va dirijyor (1930—40), Urganch musiqa maktabi oʻqituvchisi (1940—42) va direktori (1944—62 va 1964 yildan). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—44). O. "Adolat" (I. Akramov), "Maʼrifat qurbonlari" (E. Rahim), "Oshiq Gʻarib" (Yu. Yusupov; A. Otajonov bilan hamkorlikda) va boshqa pyesalarga, bir qancha inssenirovkalarga musiqa yozgan. "Yoshligim", "Bir kelib keting qishlogʻimizga" va boshqa qoʻshiklari ommaviylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil