Rahima Mazohidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rahima Mazohidova (1930.8.3, Qoʻqon) — xonanda va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini M. Qoʻldoshev rahbarligidagi badiiy havaskorlik toʻgaragida boshlagan (1948-54). Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi qoshida "Omon yor" ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981-yildan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov, "Arshin mol olon"), Tojiniso (S. Abdulla, "Muqimiy"), Nursuluv (K. Shangitboyev, K. Boyseitov, A. Muqamedov, "Jon qizlar"), Mastura satang, Rahima xola (Hamza, "Xolisxon", "Boy ili xizmatchi"), Raʼno (M. Nazarov, "Do'st nidosi") kabi bir qancha obrazlar yaratdi. Ular chaqqon va chechan, xajviy va grotesk xususiyatlarga hamda lirik-dramatik, fojiaviy va falsafiy qarashlarga boydir. M. doira jo'rligida toʻy marosim qoʻshiupari ("Yor-yor", "Kelin salom" va boshqalar), xalq lapar va yallalari ("Deydi-yo", "Bugmacha bilagim", "Omon yor", "Yalli-yali", "Qarinavo" va boshqalar), ayrim mumtoz asar ("Feruz", "Qoʻqon Ushshogi", "Guluzorim", "Mujgonlarim", "Fargʻona tong otguncha", "Bir kelib ketsun" va boshqalar)larga o'zgacha talqin bergan. "Oʻzbekfilm" studiyasining "Oʻtgan kunlar" (1969), "Zulmatni tark etib" (1973), "Ota vasiyati" (1979) filmlarida suratga tushgan. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan (1997).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil