Rahim Otajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otajonov Rahim Karimovich (1905.5.5, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1996.17.9, Toshkent) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Fargʻona taʼlimtarbiya texnikumini tugatgan (1924), shu yerda oʻqituvchi (1924—30), Fargʻona pedagogika instituti fiz.mat. fakulteti kechki boʻlimini tugatgan (1933), shu institutda oʻqituvchi, dekan va ilmiy boʻlim mudiri (1930—39), Toshkent pedagogika institutida katta oʻqituvchi (1939-47), dekan (1941-45; 1959-61), prorektor (1945—47), dotsent (1947— 59), professor (1971-yildan). Ilmiy ishlari geometrik yasash usullariga, konstruktiv geometriya elementlariga, darslarda geometriya oʻqitish usullari va boshqa ga oid. Bir necha darslik va qoʻllanmalar muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Geometrik yasash metodlari, T., 1958; Fakultativ darslarda geometriya, T., 1973; Konstruktiv geometriya elementlari, T., 1974.