Raftor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raftor (fors. — yurish) — bir maromda toʻlqinsimon harakatdagi naqsh chizigʻi (tanob, novda). Naqsh mujassamotida ingichka va keng hoshiya boʻylab bir yoki ikki tomonga yoʻnaltiriladi; R. naqsh mujassamotida 1darajali oʻrin tutadi; gul, gʻuncha, barg, margʻula, kurtaklar esa 2darajali boʻlib, mujassamotni toʻldiradi. R. tasvirlangan novda soniga qarab 4 koʻrinishda (yakraftor — 1, duraftor — 2, seraftor — 3, chorraftor — 4) uchraydi; barchasida ham toʻlqinsimon harakat bir tomonga yoʻnaltiriladi. Faqat Xorazm ustalari duraftorning har bir R.ini bir-biriga qarama-qarshi yoʻnaltirib ham qoʻllaydilar. Amaliy bezak sanʼatining bezak mujassamotida keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil