Rafinatsiyalash
Rafinatsiyalash (nem. Raffi nieren, frans. raffi ner — tozalamoq), rafinirlash — metallar va qotishmalar, yogʻ va moylarni (odatda, suyuq holatda) keraksiz yoki zararli qoʻshimchalardan tozalash. Metallarni rafinatsiyalash yuqori trali (pirometallurgiya), elektrolitik va kimyoviy turlarga boʻlinadi. Yuqori trali rafinatsiyalashda metallarga oksidlovchilar yoki modifikatorlar qoʻshiladi. Ular qoʻshimchalar bilan suyuq metallda erimaydigan (mexanik yoʻl bilan ajratiladigan) yoki rafinatsiyalash trasida uchuvchan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Bundan tashqari, metallga suyuq sintetik toshqollar, inert gazlar (Mas, argon), oltingugurt, galogenlar, galogenidlar va boshqa moddalar bilan ishlov beriladi. Elektrolitik rafinatsiyalash tuzlarning suvdagi eritmalari yoki tuzli suyukliklarning elektrolizidan iborat. Bu turning keng tarqalgan usuli tozalanadigan metallarni anodsa eritish va toza metallarni katodda choʻktirish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Kimyoviy rafinatsiyalash metall va qoʻshimchalarning kislotali yoki ishqorli eritmalarda turlicha erituvchanligiga asoslangan. rafinatsiyalash bevosita pechlar yoki maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi. Asl metallarni rafinatsiyalash affinaj deb ataladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |