Radiopriyomnik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Radiopriyomnik (radio... va rus. priyomnik — qabul qilgich) — radiouzatkich yordamida fazoga tarqatilgan radiotoʻlqinlarni qabul qiladigan va kuchaytirib beradigan qurilma. Birinchi boʻlib A. S. Popov qabul qilingan signallarni telegraf lentasiga yozib olish uchun oʻz apparati sxemasiga Morze apparatinn ulagan. 1902 yilda Markoni firmasi (Italiya) magnitli detektor ishlab chiqardi. 1905 yilda R. Feosenden (AQSH) elektrolitli detektor yaratdi, 1906—08 yillarda kristalli detektor keng tarqaldi, natijada detektorli priyomniklar yasaldi. Rus radiohavaskori O. V. Losev 1922 yilda R. ning yangi tipi — kristadinni yaratdi. Katodli lampalar ishlab chiqarilgandan soʻng elektron lampali R. yaratildi. Dastlabki lampali R. Angliya va Fransiyada 1915 yilda paydo boʻldi. Keyinchalik regenerativ R., supergeterodin R., refleks R. yaratildi. 20-asr 50-yillarida tebranishlarni generatsiyalash va kuchaytirish uchun yarimoʻtkazgich asbob (tranzistor) lardan keng foydalanila boshlandi. Keyinchalik bosma sxemali R.lar racm boʻldi.

R. antennasida turli radiotoʻlqinlardan hosil boʻlgan e.yu.k. ichidan radiostansiya kerakli signallarni ajratadi, kuchaytiradi va tovush eshittirish apparati (radiokarnay, telefon, telegraf apparati va boshqalar)ga taʼsir qiluvchi ancha past chastotali e.yu.k.ga aylantiradi (detektorlaydi). Bu funksiyalarni R. tarkibiga kiruvchi, kerakli chastotaga sozlovchi chastotali selektiv rezonans zanjirlari (tebranish konturli elektr filtrlar, hajmiy rezonatorlar), elektr tebranishlarini kuchaytirgichlar va detektorlar bajaradi. Bulardan tashqari, R.da avtomatik rostlash zanjiri, qabul qilingan axborotlarni eshittirish (karnay, kineskop) va R. ishini tekshirish (oʻlchash asboblari, indikatorlar) jihozlari boʻladi.

Qabul qilinadigan signallarni modulyasiyalash (oʻzgartirish) turiga qarab, R. detektorli, amplitudali, chastotali, fazali yoki boshqa tipda boʻlishi mumkin. R. ishining asosiy koʻrsatkichlari: sezgirligi — kuchsiz radiosignallarni qabul qilish xususiyati; selektivligi — foydali signallarni begona radiochastotali tebranishlar (radioxalaqitlar)ni bir necha martagacha pasaytirib, ulardan ajratib olish xususiyati; barqarorligi — qoʻshimcha operatsiyalarni, Mas, sozlash, qayta ulash va boshqalarni bajarmay uzluksiz qabul qilishni taʼminlash xususiyati.

R. vazifasiga (radioeshittirish, televizion, aloqa, radiolokatsion va boshqalar), radiotoʻlqinlarni qabul qilish usuliga (supergeterodin, regenerativ va boshqalar), ish turiga (telegraf, telefon radiopriyomnigi va boshqalar), modulyasiyalash usuliga (qarang Modulyasiya), qabul qiladigan radiotoʻlqinlar diapazoniga, energiya bilan taʼminlanish usuliga (oʻzgaruvchan tok tarmogʻi, batareya va boshqalar) qarab xillarga ajraladi.

Har qanday R. quvvati, sezgirligi, signallarni tanlovchanligi va boshqa xususiyatlar bilan ifodalanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil