Radiolyarit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiolyarit — bir hujayrali planktonlar (radiolaria)ning nomi bilan atalgan kremniy tarkibli organogen choʻkindi togʻ jinsi. Tarkibining 50% dan ziyodi radiolyariy skeletlaridan iborat. Radiolyariy chigʻanoqlari, asosan, kremniydan tashkil topgan. R. tarkibida fosfat, gil, alevrolit materiallari hamda diatomey, spikul, kremniyli gubka qoldiqdari uchraydi. Rangi kulrang, sargʻish, qizgʻish boʻlib, boʻsh yoki zich sementlashgan. R., asosan, geosinklinal, baʼzan platformalarda diatomit, trepel va yashmalar bilan birgalikda uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil