Radiolokatsiya
Radiolokatsiya (radio va lot. locatio — joylashish) — fan va texnikaning quruklik, suv yoki fazodagi obyektlarni radiotexnika usuli bilan topish va turgan joyini (vaziyatini) va boshqa parametrlarini aniqlash bilan shugʻullanadigan sohasi. Ishi radiotoʻlqinlar, akssado, signallar va boshqalarning toʻsiq (obyektlar)dan qaytishiga asoslangan Radiolokatsiyada oʻta yuksak chastotali radiosignallardan foydalaniladi.
Toʻlqinlar maxsus antennalar bilan obyekt tomonga tarqatiladi va qabul qilinadi. Radiolokatsiya uzatkichi toʻlqinlarni qisqaqisqa porsiyalar tarzida tarqatadi. Radiolokatsiya qabul qilgichi (priyomnigi) obyektdan qaytgan toʻlqinlarni qabul qiladi. Qaytgan toʻlqinlar asosida operator obyekt oʻrnini aniqlaydi. Radiolokatsiya st-yasidan obyektgacha boʻlgan masofa D= 0,5 ct (s=300000 km/sm — radiotoʻlqin tezligi, t — toʻlqinning obyektga borib qaytish vaqti). Radiolokatsiyadan har qanday obhavo sharoitida foydalanish mumkin. Radiotoʻlqinlarning biror obyektdan qaytish hodisasini birinchi marta G. Gers kuzatgan (1886—89). 1897-yil A. S. Popov radiotoʻlqinlar yoʻlini kesib oʻtuvchi kemaning signal kuchiga taʼsir etishini sezgan. Nemis muhandisi K. Xyulmayer, amerikalik muhandislar A. Teylor va L. Yung, angliyalik G. Breyt va M. Tyuv, sovet olimlari M. M. Lobanov, Yu. K. Korovin va boshqa fanni rivojlantirgan.
Qaytgan signallar boʻyicha obyektning uzoqligi ikki usul bilan oʻlchanadi. Birinchi (impulyeli) usuli impulsni nurlatish va obyekt qaytargan impulsning kechikish vaqtini nurlatilgan impulyega nisbatan oʻlchashga asoslangan. Ikkinchi usuli zondlash nurlatishi va obyektdan qaytishi bilan bogʻliq boʻlgan ikkita uzluksiz toʻlqinlar interferensiyasini kuzatishga asoslangan.
Obʼyektlarni pelenglash ularni bir punktdan kuzatib va toʻlqinlarni maʼlum masofaga surilgan antennada qabul qilib amalga oshiriladi. Bir punktdan kuzatiladigan Radiolokatsiya qurilmalarida signallar amplitudasini taqqoslash yoʻli bilan pelenglash usuli keng qoʻllanadi. Oddiy holda antennaning ikki vaziyatdagi yoʻnaltirilgan diagrammasida obyektdan qaytgan signallar amplitudalarini taqqoslash yetarli; bunda signallarning ishorasi va qiymati boʻyicha farqi obyektga yoʻnaltirilgan signalning toʻgʻri yuboriladigan (xatolik nolga teng boʻlgandagi) signalga nisbatan ogʻish qiymati va ishorasi haqidagi xulosa chiqarishga imkon beradi[1].
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |