Radiokompas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Radiokompas (radio... va kompas) — Yerdagi radiostansiyadan uzatilayotgan signallarni avtomatik pelenglovchi (yoʻnalishini aniqlovchi) samolyot radiopelengatori; kuzatuvchi tizim va 2 ta (yoʻnaltirilgan — ramkali va yunaltirshshagan — shtirli) antennadan iborat qabul qiluvchi indikator qurilma. R.da ikkala antenna orqali olingan pelenglanuvchi (aniqlanuvchi) radiostansiya signallari qoʻshiladi va tayanch generatori chastotasidagi ramka signali kommutatsiyalanadi, natijada priyomnikning kirish kuchlanishi amplituda boʻyicha modulyasiyalanadi. Kuzatish tizimi qabul qilgichi (priyomnigi) bilan tayanch generatorining chiqish kuchlanishlari taqqoslanib, kelayotgan signallar xatoligi aniqlanadi. Kuzatuvchi tizim ramka signali pelenglanuvchi radiostansiya yoʻnalishi bilan mos tushguncha ramkani avtomatik ravishda buradi. Ramkaning burilish burchagi distansion elektr uzatkich yordamida radiostyaning kursi burchagini (samolyotning boʻylama oʻqi va radiostansiya yoʻnalishi orasida burchak) ni koʻrsatuvchi strelkali indikatorga beriladi. R. samolyotlarni aerodromga qoʻndirish yoki uchirishda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil