Radiogeologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiogeologiya, yadroviy geologiya — geologiyaning Yer modsasida tabiiy yadroviy oʻzgarish qonuniyatlarini va ularning geologik jarayonlarda namoyon boʻlishini oʻrganuvchi sohasi. "R" terminini fanga 1937-yil V. I. Vernadskiy kiritgan. R. yadro fizikasi, geokimyo, radiokimyo va kosmokimyo, geofizika bilan uzviy bogʻlangan. Bu soha asl R., izotop geologiya va mutlaq geoxronologiya (geoxronometriya) ga boʻlinadi. Asl. R.ga radioaktiv yemirilish jarayonlari muhim boʻlgan barcha geologik jarayon va hodisalar kiradi. R. tabiiy elementlar izotop tarkibining evolyusiyasini oʻrganadi. Radioaktiv parchalanish tezligiga qarab minerallar va tok jinslarining mutlaq yoshi aniqlanadi (yana qarang Massspektroskopiya); shunga asoslanib Yerda uning geologik tarixi davomida sodir boʻlgan geologik jarayonlarning ketmaketligi tiklanadi. Shuningdek, R. vazifasiga Yer pustila aksariyat Yer geotermikasi belgilovchi radioaktiv parchalanish jarayonining energetika balansini oʻrganish; foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishning radiometrik metodlari asoslarini yaratish; Yer pusti va atmosferada kosmik nurlanish taʼsirida boʻladigan yadro reaksiyasini oʻrganish kiradi. R.ning bu soʻnggi yoʻnalishi kosmogoniya — Koinot rivojlanishi jarayonida atom yadrosi evolyusiyasini aniqdash bilan umumiy vazifani hal etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil