Radiobiologiya (signal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiobiologiya - Kosmosdan kelayotgan juda kuchsiz signallar maxsus katta antennali radioteleskoplar bilan kuchaytiriladi.

Kosmik fazoda tarqalayotgan radiotoʻlqinlarni = 10MGs (X=30m) dan =30 GGs (X=1sm) chastotagacha diapazonda qabul qilgichlar yordamida qayd qilish mumkin. Toʻlqin uzunligi X>30m boʻlgan radiotoʻlqinlar Yerning ionosfera qatlamidan yutilishi va sochilishi hisobiga oʻta olmaydi.

Bu diapazondagi radionurlanishlar, Yer atmosferasidan tashqariga olib chiqilgan (asosan Yer sunʼiy yoʻldoshlarita oʻrnatilgan) radioteleskoplar yordamida qayd etiladi, uz. 1 sm dan qisqa boʻlgan radiotoʻlqinlarni esa atmosfera gazlari yutadi.

Tekshirish obʼyektiga koʻra, R. fan shartli ravishda Quyosh R.si, sayyora R.si, Galaktika R.si va metagalaktika (Galaktikadan tashkari) R.siga boʻlinadi. Quyosh R.si Quyosh atmosferasi (xromosfera, Quyosh toji, quyosh shamoli) ni oʻrganib, uning faolligi tabiatini aniqlaydi. Quyoshning radionurlanishlari turli ( millimetrli, santimetrli, metrli) diapazonlarda turlicha boʻladi.

Sayyora R.si sayyoralar va ular yoʻldoshlari sirtlaridagi issiqlik va elektr hodisalari, ularning atmosferalari, radiatsiya mintaqalarini oʻrganadi. Masalan, Venera sirtining temperaturasi, atmosfera zichligi R. kuzatishlarida oʻlchangan. Sayyoralargacha boʻlgan masofalar, ularning sirtlari va aylanish davrlari radiolokatsiya usuli bilan juda aniq oʻlchangan.

Galaktika R.si Galaktikamiz strukturasini, uning yadrosi faolligini, yulduzlararo gazning fizik holati va turli radionurlanish manbalariningtabiatini oʻrganadi. Bunday radionurlanish manbalari oʻta yangi yulduzlarning qoldiklari, ionlashgan gaz bulutlari, shuningdek, pulsarlar boʻlishi mumkin. Galaktik R. Galaktika magnit maydoni strukturasini oʻrganib, kosmik nurlarning kelib chiqishi muammosini hal qilishga yordam beradi.

Metagalaktika R.si Galaktikamizdan tashqaridagi barcha obʼyektlarni oʻrganadi. Bu obʼyektlarning koʻpchiligi normal galaktikalar deb ataladi va ular oʻz magnit maydonidagi tez elektronlarning harakatidan kelib chiquvchi nisbatan zaif radionurlanishlar bilan harakterlanadi. Radiogalaktikalarning radionurlanishlari yuz va minglab marta kuchliroq boʻladi. Biroq eng qudratli radionurlanish manbalari kvazarlar boʻlib, ularning radionurlanishlari vaqt davomida oʻzgaruvchandir. Galaktikamizdan tashqaridagi diskret radionurlanish manbalaridan tashqari metagalaktikaning nurlanishlar foni ham kuzatiladi. Bu nurlanish — bevosita kuzatilmaydigan alohida zaif koʻp sonli manbalarning nurlanishlari hamda taraqqiyotning boshlangʻich davrida metagalaktikani toʻldirgan oʻta zich moddaga xos nurlanishlar yigʻindisidan iboratdir. Bu moddaga xos nurlanishlar relektiv nurlanishlar deyiladi.

Radioastronomik markazlar va rasadxonalar quvvatli hamda yirik radioteleskoplar bilan jihozlangan. Radioteleskoplarning asosini maxsus konstruksiyali antennalar yoki antennalar kompleksi tashkil etadi, ular yuqori sezgirlikdagi qayd qiluvchi qurilmalar — radiometrlar bilan jihozlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil