Kontent qismiga oʻtish

Radiant

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Radiant (lot. radians — nurlanuvchi) — meteor moddalar galasiga tegishli meteorlar ("uchar yulduzlar") izini orqaga davom ettirganda ular kesishadigan osmon sferasidagi nuqta. Meteor chaqnashi, odatda, Quyosh atrofidan umumiy orbita boʻylab aylanayotgan meteorlar oqimida roʻy beradi va bir necha tun davomida osmon sferasining biror qismida kuzatiladi. Osmon sferasida kuzatilayotgan meteor galasidagi meteorlar goʻyo R.dan chiqayotgandek koʻrinadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil