Radd al-Muxtor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radd al-Muxtor ‘ala al-Durr al-Muxtor (arab. رد المحتار على الدر المختار) – XVIII asr hanafiy olimi Ibn Obidinning fiqh boʻyicha yozgan kitobi.

“Radd al-Muxtor” – Alovuddin Haskafiyning “Durr al-Muxtor fi Sharh Tanvir al-Absor” nomli fiqhiy asariga “hoshiya” sifatida yozilgan. Asar hanafiy mazhabida fatvo uchun muhim manba sifatida keng tarqalgan. Hindiston yarimoroli olimlari koʻpincha Ibn Obidinni “ash-Shomiy”, bu hoshiyani esa “ash-Shomiya” yoki “Fatovo Shomiy” deb atashadi[1].

Bu katta hajmli asar turli tillarga, jumladan turk va urdu tillariga tarjima qilingan.

Asarning arabcha nashri sakkiz jilddan iborat[2]. Umuman olganda, matn musulmon huquqshunosligi doirasidagi keng koʻlamli mavzularni, jumladan islomning besh ustuni, nikoh, ajrim, savdo, meros va musulmonlar hayotining boshqa jabhalarini qamrab olgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „What Does a Latecomer Do? Also: About Durr al-Mukhtar, & Imam al-Haskafi (Revised)“. 15-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2011-yil.
  2. Keller (ed., trans.), Nuh Ha Mim. Reliance of the Traveller: Classic Manual of Islamic Sacred Law. Amana Publications (revised edition), 1997. ISBN 978-0-915957-72-9.