Rachael Lippincott

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rachael Lippincott
Tavalludi 1994-yil 5-dekabr
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari inglizcha
Fuqaroligi amerika fuqarosi
Alma mater Pittsburgh universiteti

Rachael Lippincott – kitoblari New York Timesda eng koʻp sotilgan amerikalik yozuvchilardan biri. U 2018-yil 20-noyabrda nashr etilgan Five Feet Apart kitobining voqealar jarayonini yozishi bilan mashhur boʻlgan, shuningdek, ushbu kitob asosida rejissyor Justin Baldoni tomonidan film suratga olingan[1].

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lippincott Filadelfiyada tugʻilgan va Pensilvaniya shtatining Bucks okrugida katta boʻlgan[2]. U 2013-yilda George maktabini tamomlagan[3]. Lippincott ixtisosligini ingliz yozuviga oʻzgartirishdan oldin, dastlab Pittsburgh universitetida meditsina boʻyicha oʻqigan. U yozuvchi Siobhan Vivian tomonidan oʻqitiladigan „Yoshlar adabiyotini yozish“ darsini olgan, bu dars esa uning uchun hamma narsani oʻzgartirgan. Boʻlajak yozuvchi universitetni 2017-yilda bitirgan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Lippincott Mikki Daughtry va Tobias Iaconis ssenariysidan tashqari Five Feet Apart romanini yozgan. Kitob milliondan ortiq nusxada sotilgan va New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatida 60 hafta davomida qayd etigan[5] . U 11-yillik Goodreads Choice taqdirlanishida „Yoshlar uchun eng yaxshi fantastik asar“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan[6].

2020-yilda Lippincott „All this Time with Mikki Daughtry“ asarini nashr etgan[7]. Bu New York Timesning bestseller asari edi[8].

Lippincottning navbatdagi romani „The Lucky list“ 2021-yil 1-iyun kuni chop etilgan. Bu uning birinchi mustaqil holda yozgan romani edi[9].

Keyinchalik Lippincott rafiqasi Alyson Derrick bilan birgalikda „She Gets the Girl“ romanini yozgan. Roman oʻzlarining sevgi tarixidan ilhomlanib yozigan[10] . Bu kitob ham New York Timesning bestseller asari boʻlgan[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Lippincott turmush oʻrtogʻi va oʻzlarining iti Hank bilan Pennsilvaniyada yashaydi[12].

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

• 2018 – „Five Feet Apart“

• 2020 – „All This Time“

• 2021 – „The Lucky List“

• 2022 – „She Gets the Girl“

• 2023 – „Pride and Prejudice and Pittsburgh“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Moving On Up: 'Five Feet Apart'“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  2. „BIOGRAPHY“ (en). Rachael Lippincott. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  3. „Rachael Lippincott '13 Publishes Five Feet Apart“. George School. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  4. „Q&A with Pitt grad Rachael Lippincott“. Pittsburgh City Paper. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  5. „Lionsgate Lands YA Novel All This Time From Five Feet Apart Team“. Deadline (2020-yil 19-fevral). Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  6. „2019 Goodreads Choice Awards“. Goodreads. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  7. „Q&A: Mikki Daughtry & Rachael Lippincott, Authors of All This Time“. The Nerd Daily (2020-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  8. „New York Times Bestseller List“. New York Times. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  9. „Four Questions with Rachael Lippincott“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  10. „Q&A with Rachael Lippincott and Alyson Derrick, She Gets the Girl“. We Need Diverse Books (2022-yil 6-aprel). Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  11. „New York Times Bestseller List“. New York Times. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  12. „BIOGRAPHY“ (en). Simon and Schuster. Qaraldi: 2022-yil 10-may.