Rabiu Ibrahim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rabiu Ibrahim (talaffuzi: Rabiu Ibrohim) — nigeriyalik futbolchi, „Slovan Bratislava“ klubi yarim himoyachisi.

Rabiu Ibrahim Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Rabiu Ibrahim
Tugʻilgan 15-mart 1991-yil (31 yosh)
  • Kano, Nigeriya
Fuqaroligi

Flag Nigerii Nigeriya

Boʻyi

169 sm

Vazni

67 kg

Pozitsiyasi

yarim himoyachi

Hozirgi jamoasi

Flag Slovakii Slovan Bratislava

Raqami

10

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rabiu Ibrahim professional faoliyatini „Gateway United“ boshlagan. 2007-yilning yozida u Lissabonning „Sporting“ jamoasiga oʻtdi, transfer summasi 450 ming yevroni tashkil qildi. Unga Angliyaning „Arsenal“, „Chelsea“, „Manchester United“ va „Liverool“ klublari ham qiziqish bildirishdi. U hech qachon „Sporting“ning asosiy jamoasida debyut qilmagan va 2011-yil boshida erkin agent sifatida Gollandiyaning PSV klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan. 28- avgust kuni „Excelsior“ga qarshi oʻyinda Rabiu Ibrahim „Eredivisie“da debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Zakariya Labyadni almashtirdi[1]. 21- sentabr kuni Gollandiya kubogi doirasida VVSBga qarshi oʻyinda ishtirok etdi.

2012-yil boshida Rabiu Ibrahim Shotlandiyaning „Celtic“ klubiga oʻtib, uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 3-may kuni u Shotlandiya Premer-ligasidagi debyutini ikkinchi boʻlimda Kris Kommonsning oʻrniga „St Johnstone“ qarshi oʻtkazdi[2]. Debyut mavsumida Rabiu Ibrahim Shotlandiya chempioniga aylandi.

2016-yilning yozida u Belgiyaning „Gent“ klubiga koʻchib oʻtdi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007- yilda Nigeriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rabiu Ibrahim Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida chempion boʻldi[3]. 2009-yilda Nigeriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rabiu Ibrahim Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi[4]. Turnirda u Ispaniya, Taiti va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nemislarga qarshi kechgan duelda Rabiu Rabiu Ibrahim gol urdi[5].

2015-yilning 11-yanvarida Rabiu Ibrahim Nigeriya terma jamoasi safida Kot-d’Ivuarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[6].



Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubog Liga kubogi Yevropa kubogi Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
PSV 2011-2012 2 0 2 1 - - 4 1
Jami 2 0 2 1 - - 4 1
Celtic 2011-2012 1 0 0 0 0 0 - 1 0
2012-2013 0 0 1 0 0 0 - 1 0
Jami 1 0 1 0 0 0 - 2 0
Kilmarnock 2012-2013 6 0 0 0 0 0 - 6 0
2013-2014 10 0 0 0 1 0 - 11 0
Jami 16 0 0 0 1 0 - 17 0
Trenčín 2014-2015 17 4 4 1 - - 21 5
2015-2016 26 5 5 1 - 2 0 33 6
2016-2017 3 1 0 0 - 4 0 7 1
Jami 46 10 9 2 - 6 0 61 12
Gent 2016-2017 4 0 1 0 - 3 0 8 0
Jami 4 0 1 0 - 3 0 8 0
Slovan Bratislava 2017-2018 8 0 0 0 - 0 0 8 0
Jami 8 0 0 0 - 0 0 8 0
Umumiy karyerasida 75 10 13 3 1 0 9 0 109 13

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari

„Celtic“

  • 1Chempion Futbol boʻyicha Shotlandiya chempionati — 2011-2012

„Trenčín“

  • 1Chempion Futbol boʻyicha Slovakiya chempionati — 2014-2015
  • 1Chempion Futbol boʻyicha Slovakiya chempionati — 2015-2016
  • Slovakiya kubogi gʻolibi — 2014-2015
  • Slovakiya kubogi gʻolibi — 2015-2016

Xalqaro yutuqlari

Nigeriya (U17)

  • 1Chempion Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati — 2007

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ПСВ VS. Эксельсиор 6:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 28-avgust). 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  2. „Селтик VS. Сент-Джонстон 1:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 3-may). 2013-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  3. „Нигерия (до 20) VS. Испания (до 20) 0:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 28-sentyabr). 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  4. „Таити (до 20) VS. Нигерия (до 20) 0:5“ (ru). soccerway.com (2009-yil 1-oktyabr). 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  5. „Германия (до 20) VS. Нигерия (до 20) 3:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 7-oktyabr). 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  6. „Нигерия VS. Кот-д’Ивуар (до 20) 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 11-yanvar). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.