Quyoshlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Quyoshlilar - sarkomas-tigoforalar tipiga mansub bir hujay-rali hayvonlar guruhi (ilgarigi kenja sinfi). Hujayrasining oʻlchami, odatda, 0,1—0,3 mm. Markaziy kapsu-lasining boʻlmasligi bilan nurlilardan farq qiladi. Shakli koʻpincha sharsimon, aksopodiylari (sitoplazmasidan chiquvchi nurlar) radial yoʻnalishda boʻladi. Bunday aksopodiylar boʻylab mikronaychalar oʻtadi. Ayrim Q.da kremniy skeleti bor; boshqalarida skelet boʻlmaydi. Yadrosi 1 ta yoki bir nechta (baʼzan 200 tagacha). Jinssiz (2 ga boʻlinish yoki kurtaklanish) va jinsiy (amyobasimon, baʼzan xivchinli game-talar hosil qilib) koʻpayadi. Noqulay sharoitda va jinsiy koʻpayishidan oldin sista hosil qiladi. Mikroskopik suvoʻtlar, bir hujayralilar, ogʻizaylangichlar va boshqa bilan oziqlanadi.