Quyosh kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyosh kuni (kor. 태양절?, 太陽節? , taeyangjol) KXDRda davlat bayrami hisoblanadi. 15-aprel kuni Shimoliy Koreyada „millat quyoshi“ deb ataladigan Kim Ir Senning tugʻilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Shu kuni davlat muassasalari, biznes idoralari, banklar va chakana savdo yopiladi[1].

Aprel bahori xalqaro musiqa festivali Kim Ir Sen[2] tavallud topgan kuniga bagʻishlangan.

Qoidaga koʻra bayram sharafiga koreyslarga „Buyuk Yoʻlboshchi sovgʻalari“ — tanqis oziq-ovqat va shirinliklar, shuningdek, baʼzan maishiy texnikalar toʻplami berilad[3].

Quyosh kuniga yaqin aprel oyidagi bayramlar Quyosh bayrami deb ataladi. Quyosh kunidan keyin ikki kun dam olish kuni boʻlib, jami uchta bayram kunlari boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]