Quyonchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyonchilik - chorvachilikning quyonlarni urchitish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Quyonchilikning asosiy mahsuloti — goʻsht, teri va tivit. Quyon goʻshti toʻyimli parhez mahsuloti; terisi moʻyna sanoati uchun muhim xom ashyo; tiviti issiqlik oʻtkazuvchanligi jihatidan merinos qoʻylari junidan qolishmaydi, trikotaj, fetr, duxoba va boshqa mahsu-lotlar tayyorlashda ishlatiladi.

Oʻzbekistonda 20-asrning 30-yillaridan rivojlana boshladi. Shu davrda nasldor quyonlar yetishti-ruvchi bir necha davlat, jamoa xoʻjaliklari va davlat naslchilik parvarishxonalari barpo etildi. Yakka xususiy (tomorqa) xoʻjaliklarda Quyonchilik rivojlandi. Urushdan keyingi yillarda Quyonchilik mahsulotlari koʻpaydi. Quyonchilik fermalarida goʻshti, terisi va tiviti, ayrim xoʻjaliklarda faqat goʻshti uchun boqiladi. Goʻsht-teri uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir ona quyondan oʻrta hisobda (yiliga 4 marta 5 tadan bolalaydi) 20 tadan bola, yaʼni yiliga 50 kg dan ortiq goʻsht va 20 dona teri (mikroiqlimi boshqa-riladigan binolarda 30—35 quyon bolasi yoki 75–80 kg goʻsht) olinadi. Broyler quyon bolalarini semir-tirish uchun boquvchi fermalar ularni onalari bilan boqib, yoshi 2— 2,5 oylik va tirik vazni 2 kg cha boʻlganda boshqa xoʻjaliklarga sotadi. Tivit uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir katta quyondan yiliga 350—700 g tivit olinadi.

Quyonchilik fermalarini nasldor quyonlar bilan taʼminlash uchun naslchilik fermalari va naslchilik xoʻjaliklarida quyonlarning eng yaxshi zotlari: shinshilla, katta oq quyon, katta kulrang quyon, kumushrang, koʻk, qora-qoʻngʻir, flandr, angor quyon va boshqa zotlari yetishtiriladi. Oʻzbekistonda shinshilla, oq ulkan, marder, qora-qoʻngʻir, vena zangorisi, oq kaliforniya, oq hamda qizil tivitli kabi zotlari (umumiy bosh soni 100 mingdan koʻproq), asosan, havaskor, shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida parhez goʻshti, momigʻi va moʻynasi uchun boqiladi. Har yili 30 ming dona atrofida quyon terisi tayyorlanadi.

Quyon goʻshti eng koʻp yetishtiriladigan mamlakatlar Fransiya, Italiya, AQSH, shuningdek, Buyuk Britaniya, Vengriya, Polsha va boshqa

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pomitko V.N., Aleksandrov V. N., Uchebnaya kniga krolikovodstva, 2 izd., M., 1985.