Quvondiq Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iskandarov Quvondiq (1930.10.9 — Hazorasp tumani — 2004.20.7) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1998). Hojixon Boltayev maktabi davomchisi. Ashulachilik sirlarini dastlab Ozod Jab-borovdan, keyinchalik ustozona yoʻllarini Hojixon va Nurmuhammad Boltayevlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi ("Xorazm". "Lazgi" ansambllari)da yakkaxon xonanda (1958— 85). Toshkent musiqa kolleji va Oʻzbekiston kopservatoriyasida pedagog (1999-yildan). Repertuaridan Xorazm ("Feruz 1,2" savtlari bilan. "Segoh", "Dugoh", "Orazibon", "Katta Suvo-ra", "Chapandozi Suvora" va boshqalar), FargonaToshkent ("Tanavor 1", "Girya 1.2", "Tamanno" va boshqalar) mumtoz yoʻllari, kuyini oʻzi bastalagan asarlar ("Suhbatlashaylik", "Uchra-lim". "Uzoqdasan", "Ikkimiz", "Qay-lasan", "Indamas Suvora" va boshqalar), shuningdek, turkman va ozarbayjon xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. I. soʻlim, yoqimli, barcha registrlarda jarangdor va jozibali ovoz sohibi. U oʻzbek mumtoz ashulachilik anʼanalariga tayanib oʻziga xos ijro yoʻlini yaratgan. Uslubi shijoat va joʻshqinligi bilan ajralib turadi. I. F.Davletov, M.Dadaboyeva, R.Qurbonov, A.Dadayev, Oʻ.Ollaberganov, G.Gʻoibova, Sh.Matyoqubov kabi xonandalarga ustozlik qilgan. Osiyo davlatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari gramplastinka va Oʻzbekisgon radiosi fonotekasiga yozilgan.