Quturgʻurlar
Quturgʻurlar — qad. turkiy qabilalardan biri. Bulgʻor qabilalari guruhiga kirgan. Q. nomi 5-asr oxiri — 6-asr boshlarida manbalarda ilk bor uchraydi. Bu davrda ular Dnepr va Don daryolarining quyi oqimlari atrofida koʻchib yurgan. Vizantiya imperiyasi hududlariga tinimsiz hujum uyushtirgan. 558 yil Q. hukmdori Zabergan hagto Konstantinopolga yurish qilgan. Vizantiya ularga qarshi Azov dengizi atrofida koʻchib yurgan boshqa bulgʻor qabilasi — uturgurlartl gijgijlagan va natijada ular oʻrtasida kurash uzoq davom etib oʻzaro qirilib ketishga olib kelgan. 560 yil Q. avarlar tomonidan boʻysundirilgan va keyinchalik ular Sharqiy, Markaziy va Jan.-Sharqiy Yevropa qabila va xalqlari tarkibiga singib ketgan.
Ad.:Artamonov M.I., Istoriya xazar. L., 1962.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |