Qutb tuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qutb tuni — Yerning Shimoliy qutb doirasidan shimolroqda va Janubiy qutb doirasidan janubroqda boʻlgan tun. Bir sutkadan ortiqdavom etadi. Kuzgi teng kunlik (21 yoki 22 sentabr)da Quyoshning ogʻishi 0 ga teng boʻlganda Yerning shimoliy qutb doirasida Quyosh chiqmaydi va Qutb tuni boshlanib, bahorgi teng kunlik (21 yoki 22 mart) gacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda Quyoshning ogʻishi minimal (8=—23°27’), yaʼni Quyoshning qishki turishi (21 yoki 22 dekabr) kunlarida Qutb tuni uzunligi maksimal boʻladi. Janubiy qutb doirasida (f=—66°33’) Quyosh qishki turish kuni botmaydi va yozgi Quyosh turish kuni (21 yoki 22 iyun) chiqmaydi. Qutb tuni ham qutb kuni kabi oddiy geo-metrik koʻrinishda sodir boʻlmaydi. Quyosh gardishi, refraksiya va Quyosh ogishining oʻzgarib borishi Qutb tuni uzunligiga taʼsir koʻrsatadi. Umuman Qutb tuni qutb kuniga nisbatan qisqaroq boʻladi.