Qushlar bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qushlar bozori - dengiz qushlarining koloniya boʻlib uya qurgan va yashaydigan makonlari. Qushlar bozorini, asosan, baliqchilar, chistiklar, qay-ralar, olushalar, qoravoylar, baʼ-zan pingvinlar va boshqa dengiz qirgʻo-gʻidagi tik qoyalarda hosil qilishadi. Qushlar bozori Yevropa, Osiyo, Shim. va Jan. Amerika, Jan. Afrika, Yangi Zelan-diya va Jan. yarim shardagi okeanlar, orollarda koʻproq uchraydi. Baʼzan Qushlar bozori bir necha oʻn km ni egallaydi va unda yuz minglab qushlar boʻladi. Qushlar bozoridagi qushlar tuxum va bolalarini yirtqichlardan birgalikda himoya qiladi. Qushlar bozori dengiz biologik balansini saqlashda katta ahamiyatga ega. Qushlar bozoridan qush tuxumi (ayniqsa, qayraniki) yigʻib olinadi, qushlar esa ovlanadi. Peru va Chilida guano (qush axlati)dan oʻgʻit sifatida foydalaniladi. Koʻp mamlakatlarda Qushlar bozori muhofazaga olingan.