Qurtchalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qurtchalar — teng qanotli soʻruvchilar — koksidlar kenja turkumiga mansub hasharotlar bir necha oilasining umumiy nomi. Juda koʻp mum bezlari bor. Orqa qalqoni 1—2 ta lichinkalik teridan iborat boʻlib, mum shimdirilgan. Soxta Q.ning orqa tomoni plastinkasimon mum bilan qoplangan, boshqalari (yostiqchalilar)ning orqa qalqoni xitinlashgan. 2000 ga yaqin turi, asosan, tropik va sub-tropik hududlarda tarqalgan. Q.ning bir yilda 1—4 avlodi rivojlanadi. Lichinkasi va urgʻochisi oʻsimliklarga yopishib oladi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlinmagan, oyoqlari va moʻylovlari reduksiyaga uchragan; ogʻiz organlari 1 juft, oyoqlari orasida joylashgan. Oʻsimliklar shoxi. tanasi, ildizi, baʼzan mevasi va bargiga yopishib olib, shirasini soʻradi. Erkaklari qanotli, harakatchan, oziqlanmaydi. Koʻpchilik Q., jumladan, kaliforniya qurtchasi mevali daraxtlar va manza-rali oʻsimliklar zararkunandasi.