Qurbon sozchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qurbon sozchi (taxallusi; asl nomi Qurbon Ismoilov) (1866 — Xiva — 1946) — baxshi, Oʻzbekiston xalq shoiri (1938). Xudoybergan Oʻtagan oʻgli va Qoʻshakoʻr sozandaning shogirdi. Yoshli-gidan musiqa va adabiyotga qiziqqan, xalq ijodi namunalarini, sheʼr yozish qonun-qoidalarini oʻrgangan.

"Qurbon ota hayotidan", "Xorazm tarixi" va boshqa termalarini garmon joʻrligida ijro etgan. Xiva shahridagi maktab, oʻzi tugʻilib oʻsgan koʻcha, Xorazm viloyati kutubxonasi baxshi nomi bilan atalgan.

As.Qurbon ota Ismoilov, Gʻazallar, T., 1939; Xorazm xalq qoʻshiqlari, T., 1965.