Qumsaqich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qumsaqich - murakkabguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Asosan, Yevrosiyoning moʻʼtadil iklimli mintaqalarida tarqalgan. Oʻzbekistondayakannamo q. Va yalangʻochurugʻ q. turlari uchraydi. Yakannamo Q.ning ildizi yaxshi rivojlangan. Boʻyi 50—80 sm, poyasi pastdan shoxlangan. savatchalari bitta yoki 2—3 tadan, shingilsimon roʻvak shaklida toʻpgul hosil qiladi. Savatchalari 2 gulli, gullari sariq. Iyul—oktabrda gullab urugʻlaydi. Daryo oʻzanlari, shagʻal-toshli yerlar va togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Q.ning ayrim turlari tarkibida past navli kauchuk bor.