Qumarchiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qumarchiqshoʻradoshlar oilasiga man-sub bir yillik oʻt turi. Boʻyi 20—50 sm. Bargi bandsiz, nashtarsimon yoki lentasimon. Gullari koʻrimsiz, dagʻal tukli gul toʻplamiga yigʻilgan. Gulqoʻrgʻoni 1 — 3 boʻlakli, changchisi 2—3 ta. Avgust —oktabrda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloya-tida, Qoraqalpogʻistonning qumli choʻllarida, Buxoro vohasida tarqalgan. Urugʻi tarkibida 16—17% oqsil, 6—10% yogʻ, 60% uglevod bor. Gullab urugʻlaguncha mollar uchun yaxshi ozuqa. Chala choʻl va choʻl zonalarida qumliklarni mustahkamlash maqsadida ekiladi.