Qulijon Abduhakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qulijon Abduhakimov (1876-1968, Buxoro) – rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan o‘rgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat ko‘rsatgan. Abduhakimov yasagan badi-iy buyumlar O‘rta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va feruza ko‘zli zulfin diqqatga sazovordir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abduhakimov Qulijon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil