Qulan (Jambul viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qulan

qozoqcha: Құлан
qishloq
Skyline of Qulan
42°54′36″N 72°42′54″E / 42.91000°N 72.71500°E / 42.91000; 72.71500 G OKoordinatalari: 42°54′36″N 72°42′54″E / 42.91000°N 72.71500°E / 42.91000; 72.71500 G O
Mamlakat Qozogʻiston
Tuman Turar Risqulov tumani
Avvalgi nomlari 1992-yilgacha — Lugovoe
Maydon [convert: invalid number]
Aholisi
 (2023)
18 694[1]
Vaqt mintaqasi UTC+6:00
Telefon kodi +772631
Pochta indeks(lar)i 080900
Avtomobil kodi 08 (H)
Qulan xaritada
Qulan
Qulan

Qulan (qozoqcha: Құлан, 1992-yilgacha — Lugovoe[2]) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Turar Risqulov tumanidagi qishloq. Qulan qishloq okrugi va Turar Risqulov tumanining maʼmuriy markazi. KATO kodi — 315030100[3].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qulan janubidagi Olatogʻ togʻining koʻrinishi

Qulan qishlogʻi Tarazdan 120 km sharqda, mamlakat janubidagi Qirgʻiz tizmalarining etaklarida joylashgan. Yangi qishloqning sharqiy va shimoli-sharqiy chekkasida qadimiy Qulan qishlogʻi joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu qishloq oʻrta asrlarda tashkil topgan (Qulan shaharchasi). Sovet davrida qishloq Lugovoe deb nomlangan. Qishloqda 1930—1997-yillarda „Vostok“ qoʻychilik fermasi markazi, Taraz veterinariya texnikumining urugʻchilik ishlab chiqarish korxonalari boʻlgan. Uning negizida 1997-yilda 12 ta ishlab chiqarish kooperativi, 25 ta mas’uliyati cheklangan shirkat va 200 dan ortiq dehqon xoʻjaliklari tashkil etilgan.

1992-yilda maʼmuriy-hududiy birliklarning nomlarini tartibga solish va milliy toponimikani qayta tiklash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari taqdimnomalari va Davlat onomastika komissiyasining xulosasi asosida Qozog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi Lugovskoy tumani maʼmuriy markaziga qarashli Lugovoe qishlog‘ini Qulan qishlog‘i deb qayta nomlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxriylar uyi

1999-yilda qishloq aholisi 12294 kishini (5952 erkak va 6342 ayol) tashkil qilgan[4]. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 15,380 kishi (7,544 erkak va 7,836 ayol) yashagan[4].

2019-yil boshida qishloq aholisi 13592 kishidan (7037 erkak va 6555 ayol) iborat boʻlgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qulan qishlog‘idagi ko‘plab tashkilot va firmalar postsovet davrida tashkil etilgan. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik, taʼmirlash, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, transport, chakana va ulgurji savdo va xizmat koʻrsatishdan iborat boʻlgan.

1998-yilda qishloqning asosiy korxonasi boʻlgan Kulans taʼmirlash-mexanika zavodi MChJ tashkil etilgan. Korxona tashkil etilganidan buyon mashina va jihozlardan tashqari tayyor metall buyumlar va qurilish poʻlat konstruksiyalari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi[5]. Hozirda kompaniyaning faoliyati toʻxtatilgan.

Oziq-ovqat sanoati sohasida yetakchi korxonalardan biri Lugovskoy sariyogʻ zavodi boʻlib, u quyidagi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: sut mahsulotlari, sariyogʻ, sut, smetana, tvorog va boshqalar[6]. Bundan tashqari un va don mahsulotlari, kraxmalli mahsulotlar va kraxmal ishlab chiqaradigan korxonalar ham mavjud.

Lugovskoy toʻquv fabrikasi 1999-yildan beri turli kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shugʻillanadi[7].

Qulan qishlog‘idagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Qulan qishlog‘ida moliyaviy, buxgalteriya, yuridik, reklama va rieltorlik xizmat koʻrsatish tashkilotlari mavjud. Ulardan baʼzilari qurilish va taʼmirlash xizmatlarini, shuningdek, avtomobil transportini qamrab olib, bu yerda avtomobil yoqilgʻisining ulgurji va chakana savdosi amalga oshiriladi[8].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alixon Bukeyxonov nomidagi maktab

Qishloqdagi oʻquv yurtlaridan Qulan agrotexnika kolleji (sobiq 4-sonli qishloq xoʻjaligi kolleji) oʻrta maxsus taʼlim beradi. Sovet davrida veterinariya texnikumi boʻlgan.

Umumiy oʻrta taʼlimni Yuriy Gagarin, Sh. Valixonov, A.Bokeyxonov nomidagi umumtaʼlim maktablari, 1-sonli umumiy oʻrta maktab va litsey tashkil etadi. Bundan tashqari bir nechta bolalar bogʻchalari ham mavjud.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mels O‘zbekov nomidagi madaniyat uyi va unga bag‘ishlangan yodgorlik

Qulan obodonlashtirilgan aholi punktlaridan biridir. Asosiy koʻcha (Jibek yoʻli) boʻylab piyodalar yoʻllari oʻtgan boʻlib, koʻchatlar ekilgan, maysazorlar yotqizilgan. Qishloqda bir nechta parklar va g‘arbiy qismida daraxtzor mavjud.

Madaniy markazlaridan Mels O‘zbekov nomidagi tuman madaniyat uyi va boshqa madaniyat uylari, klublar bor.

Qishloqda tuman harbiy komissiyasi faoliyat yuritmoqda.

Qishloq uchun muhim boʻlgan ayrim muassasalar yaqinida obodonlashtirilgan maydonlar mavjud.

Qulanda mehmonxonalar, kafe va restoranlar ham boʻlib, Sholpan, Dostlar, Anastasiya, Velvet, Alray, Shanyrak, Oltin Saroy shular jumlasidandir.

Qishloqda Turar Risqulov, Mels O‘zbekov va Ulug‘ Vatan urushida halok bo‘lganlarga haykallar o‘rnatilgan.

Sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda Markaziy stadion, E. Ibragimov va I. Bayramukov nomidagi sport maktablari bor.

Bundan tashqari yangi sport majmuasi ham qurilgan.

Sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda Turar Risqulov markaziy tuman kasalxonasi, bolalar shifoxonasi, respublika fitosanitariya diagnostikasi va prognozlash metodik markazi va bir qancha dorixonalar mavjud. Qishloqning g‘arbida silga qarshi dispanser joylashgan.

Savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda Qulan markaziy bozori faoliyat yuritadi. Qulan shahrida „Kulan-Dan“, „Astana“, „Ak Otau“ supermarketlari, „Qorakoʻz“, „Ekonom“ nomli doʻkonlari va „Ayan“, „Lyuba“, „Anastasiya“, „Dias“ „Fortune“ va boshqa savdo markazlari mavjud.

Ommaviy axborot vositalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qulan tani“ gazetasi tahririyati

Qulan shahrida viloyat „Qulan tani“ gazetasi faoliyat yuritadi, shu yerda tahririyati ham bor.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qulanda avtomobil transporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar (ATP, avtobazalar) ham bor.

Qulan qishlog‘ida yo‘lovchi tashish avtobuslari qatnovi ham yoʻlga qoʻyilgan. Qishloqda shaharlararo qatnovchi avtobus bekatlari ham bor.

Diniy tashkilotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qulan qishlog‘i masjidi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qazaqstan Respublikasi xalqiniң jinisi jәne jergіlіktі jerdің tipіne qaray sani (2023 jilgʻi 1 qaңtargʻa)“. 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  2. „О присвоении наименований и переименовании отдельных административно-теppиториальных единиц Республики Казахстан“. adilet.zan.kz. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  3. „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „ТОО "КУЛАНСКИЙ РЕМОНТНО-МЕХАНИЧЕСКИЙ ЗАВОД"“. businessnavigator.kz. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  6. [viperson.ru „ЛУГОВСКОЙ МАСЛОЗАВОД | VIPERSON“]. viperson.ru. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  7. „ТОО "ЛУГОВСКАЯ ТКАЦКАЯ ФАБРИКА"“. businessnavigator.kz. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  8. „43 предприятия Кулана: адреса и телефоны, отзывы, цены и скидки. Доска объявлений Кулана.“. www.spr.kz. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.