Qrimning janubiy sohili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qrimning janubiy sohili — Qrim ya.o.ning gʻarbda Ayya burnidan sharqda Qoradogʻ massivigacha choʻzilgan Qora dengiz sohilining bir qismi. Uz. 150 km chamasida, eni 2 –8 km. Gilli slanets va ohaktoshlardan tashkil topgan pasttekisliklar shim.da Yayla chiqigʻi bilan chegaradosh. Qrimning janubiy sohilis. — Qrim sohilining eng issiq qismi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi. Iyul va avgustning oʻrtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4°. Yiliga 600 mm yogʻin tushadi. Qrimning janubiy sohilis.da Oʻrta dengiz boʻyiga xos oʻsimlik turlari bilan birga kserofit oʻsimliklar ham tarqalgan, togʻ yon bagʻirlarining yuqori qismida keng bargli oʻrmonlar (qoraqayin va dub), baʼzi joylarda Qrim qaragʻayzorlari bor. Bogʻ va parklar koʻp. Qrimning janubiy sohilis.da Alushta, Alupka, Simeiz, Gurzuf, Artek, Misxor, Koreiz, Foros, Melas va boshqa kurortlar, sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar faoliyat koʻrsatadi.