Qozon davlat agrar universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qozon davlat agrar universiteti
Здание коммерческого училищ,2.jpg
Asos solingan 1922-yil 22-may
Oʻquv yurti turi universitet
Tipi qishloq xo'jaligi
Rektori Valiyev A.R
Kampusi zamonaviy
Manzili elektron pochta (email): info@kazgau.ru Qozon, Rossiya Federatsiyasi, Tatariston, Qozon sh, Marksa ko'chasi 65 Rossiya
Vebsayti http://www.kazgau.ru/

Qozon davlat agrar universiteti— Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi markazi Qozon shahrida joylashgan Rossiya Federatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Bu universitet Tatariston Respublikasining agranomiya sohasiga yetuk mutaxassislarni yetkazib beradi.

Tarixi[tahrir]

Qozon davlat agrar universiteti dastlab ikki taʼlim muassasasining bir-biriga qoʻshilishidan hosil boʻlgan. 1922-yil 22-mayda Politexnika instituti qishloq xoʻjaligi fakulteti va Qozon universitetining oʻrmon fakulteti birlashmasi asosida Qozon qishloq va oʻrmon xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Oʻtgan yillar davomida institut tuzilmasi bir necha bor oʻzgartirildi. Turli davrlarda zootexnika, meva-sabzavot, agro-oʻrmonchilik fakultetlarida mashgʻulotlar olib borilgan[1].

Mashhur bitiruvchilari[tahrir]

  • Tolskiy Andrey Petrovovich — Rossiyaning Sovet davridagi oʻrmon xoʻjaligi olimi, nazariyotchisi, Rossiyaning qurgʻoq hududlarida oʻrmonlarni tiklashning tarafdorlaridan, oʻrmon madaniyati va meteorologiya mutaxassisi boʻlgan. Oʻqituvchi, professor. Mari ASSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Manbalar[tahrir]

  1. История Казанского государственного аграрного университета. Официальный сайт Казанского государственного аграрного университета. Asl nusxadan arxivlandi (2018-05-23). 2018-05-22.

Havolalar[tahrir]