Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻistonda oʻz joniga qasd qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qozogʻistonda oʻz joniga qasd qilish mamlakatda gʻayritabiiy oʻlimning juda keng tarqalgan turi va uzoq muddatli ijtimoiy muammo hisoblanadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2011-yilgi hisobotiga koʻra, har yili dunyo boʻylab oʻz joniga qasd qilish oqibatida vafot etganlarning 3,23 foizi Qozogʻistonga toʻgʻri keladi[1]. Oʻsmirlar va yoshlarning oʻz joniga qasd qilishi mamlakatning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi[2]. 15-49 yosh guruhida oʻz joniga qasd qilish Qozogʻistondagi barcha oʻlimlarning 12,2 foizini tashkil qiladi[3].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida eng koʻp oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan. Oʻgʻil bolalardagi holat boʻyicha esa Rossiyadan keyin, ikkinchi oʻrinda turadi. UNICEFning 2009-yildagi hisoboti shuni koʻrsatadiki, 1999-yil va 2008-yillar oraligʻida mamlakat yoshlari orasida oʻz joniga qasd qilishlar soni 23 foizga oshgan[2].

Mamlakat taʼlim vazirligi qoshidagi bolalarni himoya qilish qoʻmitasi rahbari Raisa Sherning soʻzlariga koʻra, kichik yoshdagi odamlar orasida oʻz joniga qasd qilishning bunday yuqori koʻrsatkichlari ortida bir qancha omillar bor, masalan:

  • Maktablardagi zoʻravonlik
  • Inson qiymatining yoʻqligi yoki yoʻqolishi
  • Ijtimoiy xulq-atvor standartlarining pasayishi
  • Begonalashish
Yosh guruhlari boʻyicha oʻz joniga qasd qilishlar sonining 2008-yil va 2015-yillardagi farqi
Yosh 5-14 15-24 25-34 35-54 55-74 75+ Barchasi
2008-yil 85 896 1012 1395 476 133 4009
2015-yil 43 439 711 1137 428 114 2872
Oʻzgarishi −49.4% −51.0% −29.7% −18.5% −10.1% −14.3% −28.4%
Manba: Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti[4][5]
Yosh guruhlari va jinslar boʻyicha oʻz joniga qasd qilishlar soni (2008)
Yosh 5–14 15–24 25–34 35–44 45–54 55–64 65–74 75+ Barchasi
Erkaklar 66 657 860 656 522 240 143 86 3241
Ayollar 19 239 152 120 97 52 41 47 768
Umumiy 85 896 1012 776 619 292 184 133 4009
Manba: Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti[5]

Yoshlarning oʻz joniga qasd qilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

UNICEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Qozog‘iston dunyoda 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan odamlar orasida oʻz joniga qasd qilish darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakat hisoblanadi[6]. Oʻsmir oʻgʻil bolalar oʻz joniga qasd qilishi boʻyicha Qozogʻiston dunyoda ikkinchi oʻrinda, oʻsmir qizlar oʻz joniga qasd qilishida esa birinchi oʻrinda turadi.

UNICEFning Qozog‘istondagi beshta shaharda 1,700 nafar oʻsmir ishtirokida oʻtkazgan tadqiqotiga koʻra, oʻsmirlarning oʻz joniga qasd qilishiga ijtimoiy muammolar, oilaviy muammolar va yordamning yetishmasligi sabab boʻlgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, qozogʻistonlik ota-onalar farzandlari bilan kuniga atigi 20 daqiqa „sifatli“ vaqt oʻtkazishadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Suicide rate“. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Kazakhstan: Concerns Over Adolescent Suicides“. UNHCR. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  3. tengrinews.kz „Kazakhstan and Turkey show highest suicide rates among 15-19 y.o. youth“ (en). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  4. „Kazakhstan Suicides by age group 2015“.
  5. 5,0 5,1 „Suicide rates (per 100,000), by gender, Kazakhstan, 1981-2008.“. World Health Organization. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  6. „Kazakhstan and Turkey show highest suicide rates among 15-19 y.o. youth“ (en). Tengrinews.kz (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-may.
  7. „Alarming proportions of child and youth suicide in Kazakhstan“ (en). Tengrinews.kz (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.