Qosim Solijonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Qosim Solijonov (1936.6.12, Konimex tumani) — bezovchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1962). "Toshshaharreklama" kombinatida bezovchi rassom (1962— 64), "Rassom" kombinatida (1964—69), Toshkent shahar obodonchilik bosh boshqarmasida (1969—71) bosh rassom. Solijonov Toshkent shahri bosh rassomi sifatida Sirgʻali, Hamza va boshqa tumanlarni bezagan; Turkiya, Suriya, Bolgariya, Tunis, Marokko va boshqa mamlakatlarda uyushtirilgan xalqaro yarmarkalarda Oʻzbekiston pavilonini bezashda ishtirok etgan, "Mustaqillik", "Navroʻz" va boshqa bayramlarni badiiy siyosiy ruhda bayramona bezashda faol qatnashadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil