Qorinkiprikli chuvalchanglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorinkiprikli chuvalchanglar — birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Tanasi yassi, uz. 0,05—1.5 mm. Tanasi boʻylab va uning keyingi uchida yopishqoq bezli naychalar joylashgan. Kipriklari faqat qorin tomonida boʻladi (nomi shundan). Sezgi organlari — tuygʻu qillar, hidlov chuqurchasi va pigment koʻzlar (fotoretseptorlar). Hazm qilish sistemasi — muskulli halqumdan boshlanadigan ichak. Ayirish sistemasi — bir juft shoxlangan naychalar tanasining yon tomonida tashkariga ochiladi. Qorinkiprikli chuvalchanglar — germafrodit yoki partenogenetik urgʻochilar. Dengiz va chuchuk suv havzalarida yashaydi. Bir hujayrali suvoʻtlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. 160 turi maʼlu.m. Qorinkiprikli chuvalchanglar faunasi Oʻzbekistonda oʻrganilmagan.