Qori Rasul Ashurov
Qiyofa
Qori Rasul Ashurov— 1876-yili tug‘ilgan, Qoradaryo rayoni Berdiqo‘rg‘on qishloq soveti Payshanba qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq savdogar, quloq, hibsga olingan vaqtda mashg‘uloti aniq emas. Qoradaryo rayonidagi mavjud aksilinqilobchi, millatchi, isyonchi guruhning faol ishtirokchisi sifatida aksilinqilobiy yig‘ilishlarda qatnashib kolxozlardagi ochlik haqida va kapitalistik mamlakatlar bilan bo‘ladigan urushda sovet hokimiyati mag‘lubiyatga uchraydi deb o‘zining sovet hokimiyatiga qarshi kurashga tayyor ekanligini bildirganlikda ayblangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 140-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.