Qoraungursoy rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoraungursoy rasmlari - Nurota togʻlari Qoratogʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Qoraungursoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. X.Muhamedov topgan. N.Toshkanboyev, A.Kabirovlar gomonidan oʻrganilgan. Rasmlar (250 dan ortiq)ning asosiy qismi miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub, ilk oʻrta asrlarga oid rasmlar ham uch-raydi. Rasmlar uslub jihatidan har xil boʻlib, bu ularning turli davrlarda yaratilganidan darak beradi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-oʻyib soya. oddiy chiziqlar uslubidan ishlangan. Qoyalarda chavandozlar, ot, it, echki, qoʻy, toʻngiz, arxar, yirt-qich hayvonlar va boshqa tasvirlangan. Qoraungursoy rasmlari shu hududda yashagan qad. ajdodlar xoʻjaligi. eʼtiqodi, madaniyati va sanʼatini oʻrganishda muhim manba sifatida qimmatlidir.