Qoratol (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoratol (daryo)
Tavsif
Uzunligi 390
Suv sarfi 66,7 m³/s
Joylashuvi
Davlat Qozogʻiston
Qoratol (daryo)

Qoratol (Karatal) (qozoqcha: Қаратал, Qaratal) — Qozogʻistonning Olmaota viloyatidagi daryo. Ushtarak daryosi quyilgungacha Nurtayoʻzak deb ataladi. Uzunligi 390 km, havzasining maydoni 19,1 ming km². Jungʻariya Olatovi yon bagʻ-ridan boshlanib, Balxash koʻliga quy-iladi. Yuqori oqimida togʻlar orasidan oqadi, oʻrta va quyi oqimida yettisuv tekisligini kesib oʻtadi. asosan, muz va qor suvlaridan toʻyinadi. Dekabrda muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Q. boʻyida Toldiqoʻrgʻon, Ushtoʻbe shaharlari joylashgan.